» » O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va nihoyat Tojikistonga ham boradi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va nihoyat Tojikistonga ham boradi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil bahori boshida rasmiy tashrif bilan Tojikistonga borishi kutilmoqda. Bu haqda, Tojikiston hukumatidagi manbalarga asoslanib, “Aziya-Plyus” xabar bermoqda.

Avvalroq 10—11-yanvar kunlari O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ishchi tashrif bilan Tojikistonga borishi, tashrif davomida O‘zbekiston Prezidentining Tojikistonga bo‘lajak tashrifiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qilishi haqida xabar berilgan edi.

Tojikistonga oliy darajada tashrif kutilayotganini Prezident Shavkat Mirziyoyev 5-yanvar kuni xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashi navbatdan tashqari sessiyasidagi nutqida ham ma’lum qilgan edi.

Prezident o‘z nutqi davomida Tojikiston bilan ko‘plab masalalar bo‘yicha kelishuvlar tayyorlab qo‘yilgani, xususan, ushbu mamlakat bilan temiryo‘l aloqasi ham ochilishini bildirgan edi.

Shavkat Mirziyoyev o‘z Prezidentligining birinchi yilida — 2017-yil davomida O‘rta Osiyoning Tojikistondan boshqa barcha mamlakatlarida tashrif bilan bo‘lgan edi. Xususan, Prezident to‘rt marta Qozog‘istonda (2017-yil marti, apreli, iyuni va sentabrida), uch marta Turkmanistonda (mart, may va sentabrda), bir marta esa Qirg‘izistonda (sentabr) bo‘ldi.

O‘zbekiston Prezidentining Qozog‘iston va Turkmanistonga bir necha marta tashrif buyurgani ortidan 2017-yil sentabrida Tojikistonning yetakchi onlayn axborot resurslaridan biri — “Aziya-Plyus”da “Nima uchun Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga kelishga shoshilmayapti?” sarlavhali maqola ham e’lon qilingan edi.

Ma’lumot uchun, Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 5-yanvardagi nutqi davomida qo‘shni mamlakatlar bilan aloqalarni yanada yaxshilash lozimligi, “20 yillik muzni eritish” oson emasligi haqida fikr bildirib o‘tgan edi.

Опубликовано: admin (8-01-2018, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют