» » Qashqadaryoda bir oilada 7 kishi pomidor-bodring konservasidan zaharlandi. Ularning 5 nafari bolalar

Qashqadaryoda bir oilada 7 kishi pomidor-bodring konservasidan zaharlandi. Ularning 5 nafari bolalar


Qashqadaryoda 12-noyabr kuni er-xotin 4 nafar farzandi va bir nafar jiyani bilan ovqatdan zaharlandi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Qashqadaryoning Chiroqchi tumani, “Langar” mahallasida yashovchi 38 yoshli N.X., 37 yoshli turmush o‘rtog‘i Yu.U., farzandlari 13 yoshli A.T., 9 yoshli F.T., 9 yoshli X.T., 5 yoshli T.T va jiyani 5 yoshli L.T. kechki ovqatga uy sharoitida tayyorlanib, shisha idishga qadoqlangan pomidor va bodring aralashmali salat konservasidan iste’mol qilib, zaharlanib, shifoxonaga murojaat qilgan.

Hozirda N.X.ning ahvoli og‘ir, A.T.ning ahvoli o‘rta-og‘ir, qolgan bemorlarning ahvoli qoniqarli.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Farg‘onada ham mart oyida shunday holat sodir bo‘lib, 2 kishi pomidor-bodring konservasidan zaharlangandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-11-2019, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 93) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют