» » Uzbekistan Airways’ning Samarqand — Istanbul reysi yo‘lovchining tobi qochganligi sababli kechikmoqda

Uzbekistan Airways’ning Samarqand — Istanbul reysi yo‘lovchining tobi qochganligi sababli kechikmoqda


Uzbekistan Airways’ning Samarqand — Istanbul yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilayotgan HY275 reysi belgilangan manzilga kechikib yetib boradi. Bu haqda kompaniya tomonidan xabar berildi.

Reys yo‘lovchilaridan birining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli samolyot Rossiyaning Mineralniye vodi shahri aeroportiga majburiy qo‘nishni amalga oshirgan.

Istanbul — Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qiladigan HY276 reysining uchish va yetib kelish vaqtida ham kechikish bo‘lishi kutilmoqda.

Kompaniya reyslarning kechikish vaqtlarini kamaytirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishni ma’lum qildi va yuzaga kelgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilar va kutib oluvchilardan uzr so‘radi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-11-2019, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 123) ( 0) ( 122) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют