» » Farg‘onadan Moskvaga parvoz payti yo‘lovchilardan biri o‘zini yomon his qilgani uchun samolyot Samarada favqulodda qo‘ndi

Farg‘onadan Moskvaga parvoz payti yo‘lovchilardan biri o‘zini yomon his qilgani uchun samolyot Samarada favqulodda qo‘ndi


Uzbekistan airways’ning Farg‘onadan Moskvaga parvoz qilayotgan samolyoti yo‘lovchilardan birining o‘zini yomon his qilganligi sababli Rossiyaning Samara shahrida favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xabarda qayd etilishicha, o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida havo kemasi komandiri Samara shahrining yaqin aeroportiga majburiy qo‘nishni amalga oshirishga qaror qilgan. 1995-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi tez yordam mashinasida aeroportdan kasalxonaga olib ketilgan. Samolyot belgilangan manzil — “Vnukovo” aeroporti tomon parvozni davom ettirishga tayyorlanmoqda.

Samolyotning Moskvaga mahalliy vaqt bilan soat 21:55 da yetib kelishi kutilmoqda, deyiladi kompaniya xabarida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-10-2019, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют