» » “O‘zbekiston havo yo‘llari”ga tegishli samolyot Samarada favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi

“O‘zbekiston havo yo‘llari”ga tegishli samolyot Samarada favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi


2018-yilning 11-mart kuni Moskva—Buxoro yo‘nalishi bo‘yicha HY 608 reysini amalga oshirgan Boeing 767 samolyoti favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda milliy aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Boeing 767 samolyoti o‘z bortidagi yo‘lovchilardan birining ahvoli keskin yomonlashgani sabab Samara shahri aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘ldi. “Kurumoch” aeroportida yo‘lovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan erkak Samaradagi shifoxonalardan biriga joylashtirilgan.

“O‘zbekiston havo yo‘llari”ga tegishli samolyot belgilangan yo‘nalish bo‘yicha soat 19:15 da havoga ko‘tarilgan va soat 22:41 da “Buxoro” xalqaro aeroportiga kelib qo‘ngan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2018, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют