» » “O‘zbekiston havo yo‘llari”ning Dreamliner’i Nyu-York—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha dastlabki parvozni yakunladi (foto)

“O‘zbekiston havo yo‘llari”ning Dreamliner’i Nyu-York—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha dastlabki parvozni yakunladi (foto)


“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining Boeing 787 Dreamliner samolyoti Toshkent—Nyu-York—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha dastlabki to‘xtovsiz parvozni muvaffaqiyatli yakunladi. 2017-yil 28-iyulda Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Dreamliner’ni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Milliy aviakompaniya axborot xizmati xabar berdi.

Bortida 243 nafar yo‘lovchi bo‘lgan Milliy aviakompaniya Dreamliner’i mahalliy vaqt bilan soat 12:30 da Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi. Nyu-Yorkdan Toshkentga to‘xtovsiz parvoz 11 soat davom etdi va muvaffaqiyatli yakunlandi.

“Orzular layneri”ni Nyu-Yorkdan Toshkentga havo kemasi komandiri Pavel Morgachyov, Boeing 787 parvoz otryadining uchuvchi-instruktori Aleksey Markin va ikkinchi uchuvchi Ulug‘bek Ishmahamedov boshqarib keldi.

Dreamliner 27-iyulda Toshkentdan Nyu-Yorkka to‘g‘ridan to‘g‘ri reysni boshlagan edi. Bortida 237 nafar yo‘lovchi bo‘lgan havo kemasi mahalliy vaqt bilan 08:40 da Toshkentdan uchib ketgan edi.

Toshkent—Nyu-York—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha Boeing 787 Dreamliner’da to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlarni amalga oshirish “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi yo‘lovchilariga Nyu-Yorkka bir soat tezroq yetib borish imkonini beradi. Bunda Toshkentdan Nyu-Yorkka to‘g‘ridan to‘gri parvoz 12 soat, teskari yo‘nalishda esa 11 soat davom etadi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (28-07-2017, 17:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют