» » Kolumbiyada suv toshqini qurbonlari soni 273 kishiga yetdi

Kolumbiyada suv toshqini qurbonlari soni 273 kishiga yetdi


Kolumbiyada suv toshqini va sel kelishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 273 kishiga yetdi. Bu haqda jabrlangan hududga yetib kelgan respublika prezidenti Xuan Manuel Santos ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Oxirgi hisobotga ko‘ra, Mokoa munitsipalitetida halok bo‘lganlar soni 273 kishini tashkil etganligidan afsusdaman. Ularning qarindoshlariga hamdardlik bildiraman”, — deb yozdi prezident Twitter’dagi sahifasida.

Davlat rahbari jabrlanganlar soni avvalgidek 262 kishidan iborat ekanligini ta’kidladi. 2,7 mingga yaqin aholi vaqtinchalik boshpanalarda ekanligi ma’lum qilinmoqda. Fojia hududida ikki mingga yaqin qutqaruvchi va shifokor ishlamoqda.

Avvalroq tabiiy ofat oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 254 kishiga yetganligi haqida xabar berilgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-04-2017, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют