» » Efiopiyada axlatxona o‘pirilishi oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 48 kishiga yetdi

Efiopiyada axlatxona o‘pirilishi oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 48 kishiga yetdi


11-mart, shanba kuni Efiopiya poytaxti Addis-Abeba chekka qismidagi axlatxonaning o‘pirilishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 48 kishiga yetdi. Bu haqda 13-mart, dushanba kuni Reuters agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Agentlikning ma’lum qilishicha, halok bo‘lganlar orasida 15 nafar bola ham bor.

Nashrning ma’lum qilishicha, o‘pirilish yuz bergan paytda hodisa joyida 150 ga yaqin odam bo‘lgan. Voqea joyida qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq hodisa oqibatida 46 kishi halok bo‘lganligi ma’lum qilingan edi. 50 yildan buyon Addis-Abebadan chiqindilar keltiriladigan axlatxona o‘pirilishining sababi hozircha noma’lum.

Опубликовано: admin (13-03-2017, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 109) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют