» » Efiopiyada axlatxona o‘pirilishi oqibatida kamida 46 kishi halok bo‘ldi

Efiopiyada axlatxona o‘pirilishi oqibatida kamida 46 kishi halok bo‘ldi


Efiopiya poytaxti Addis-Abeba shahri yaqinida axlatxona o‘pirilishi oqibatida kamida 46 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda 12-mart, yakshanba kuni Associated Press xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, aksariyat qurbonlar ayollar va bolalar bo‘lgan. Axlat uyumi ostida o‘nlab odamlar qolgan, shuning uchun qurbonlar soni oshishi mumkin. Axlat o‘pirilishi vaqtida voqea joyida, taxminan, 150 kishi bo‘lgan, 37 nafarini olib chiqishga muvaffaq bo‘lindi. Qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Axlat ham vaqtincha, ham betonli uylarni qoplagan. Qayd etilishicha, odamlar uylarning arzon bo‘lgani uchun shu yerda yashagan.

50 yildan buyon Addis-Abebadan chiqindilar keltiriladigan axlatxona o‘pirilishining sababi hozircha noma’lum. So‘nggi yillarda bu yerga axlat olib kelish to‘xtatilgandi, ammo mahalliy alohining ta’kidlashicha, axlat olib kelish yana boshlandi.

Mahalliy hukumat rasmiylari axlatxona yaqinida yashaydiganlarni boshqa joyga ko‘chirishga va’da berdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-03-2017, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют