» » Argentinada avtobus ishtirokidagi YTH natijasida 19 kishi halok bo‘ldi

Argentinada avtobus ishtirokidagi YTH natijasida 19 kishi halok bo‘ldi


Argentina g‘arbida avtobus ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi, kamida 21 kishi tan jarohati olgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Hodisa Mendosa viloyatida, Chiliga olib boruvchi katta yo‘lda sodir bo‘lgan. Mahalliy OAV axborotiga ko‘ra, avariyaga uchragan avtobus Chilining TurBus kompaniyasiga tegishli.

TurBus ma’lumotlariga ko‘ra, ag‘darilgan avtobusda 32 argentinalik, to‘rt chililik, bir kolumbiyalik va bir Gaiti fuqarosi bo‘lgan. Yo‘lovchilarning kamida uch nafari bolalar bo‘lgani aytilmoqda.

Clarin portali axborotiga ko‘ra, 16 kishi hodisa joyida halok bo‘lgan, yana u kishi olgan jarohatlari natijasida shifoxonada vafot etgan.

Mahalliy ma’muriyat hodisa yuzasidan surishtiruv-tekshiruv ishlarini olib bormoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan.

Omon qolganlarning so‘zlariga ko‘ra, tezlikning belgilangan me’yordan oshirilgani ham YTH sababchisi bo‘lishi mumkin.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-02-2017, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют