» » Tayvanda avtobus halokatga uchrashi oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 34 kishiga yetdi

Tayvanda avtobus halokatga uchrashi oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 34 kishiga yetdi


Tayvanda sayyohlarni olib ketayotgan ekskursiya avtobusi ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘lganlar soni 34 nafarga yetdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Avvalroq hodisa oqibatida 28 kishi hayotdan ko‘z yumgani haqida ma’lum qilingandi.

Politsiya xodimlarining ta’kidlashicha, hodisa 13-fevral kuni mahalliy vaqt bilan 21:00 da (Toshkent vaqti bilan 18:00 da), Taybey shahri yaqinida yuz bergan. Avtobus saloni ichida 44 yo‘lovchi bo‘lgan.

Avtobus haydovchisi yo‘l uchastkasida belgilangan tezlikni oshirgan. Yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan yo‘lda ruxsat berilgan maksimal tezlik soatiga 40 kilometrni tashkil qiladi, avtobus esa soatiga 60 kilometr tezlikda harakatlangan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtobus yo‘lovchilari orasida chet el fuqarolari bo‘lmagan. Qutqaruvchilarning so‘zlariga qaraganda, aksariyat yo‘lovchilar pensionerlar bo‘lgan. Ular daraxtlar ekskursiyasidan qaytayotgan edi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (14-02-2017, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 106) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют