» » “Toshshahartransxizmat” Isuzu avtobusi ag‘darilishi tafsilotlariga aniqlik kiritdi

“Toshshahartransxizmat” Isuzu avtobusi ag‘darilishi tafsilotlariga aniqlik kiritdi


“Toshshahartransxizmat” AJ Toshkentning Yashnobod tumanida 6- fevral, dushanba kuni 49-yo‘nalish (TTZ—metroning “Do‘stlik” bekati) bo‘yicha harakatlanatayotgan Isuzu rusumli yo‘lovchi avtobusi ag‘darilib ketishi tafsilotlariga aniqlik kiritdi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda.

2-avtopark harakat xavfsizligi boshlig‘i Doniyor Yormuhammedov so‘zlariga ko‘ra, hodisa tonggi 5:30 da, avtobus reysga chiqib ketayotganida ro‘y berdi. Yuz bergan avariyaga Cobalt yengil avtomobili haydovchisi sababchi bo‘ldi.

Oldinda ketayotgan Cobalt haydovchi keskin to‘xtagan. Avtobus haydovchisi to‘qnashashishdan qochish uchun rulni o‘ngga burgan. Biroq sirpanchiq yo‘lda boshqaruvni uddalay olmay, g‘ildiragi ariqqa tushib, avtobus yonboshga ag‘darildi. Bu paytda avtobusda yo‘lovchilar bo‘lmagan, haydovchining o‘zi ham jabrlanmadi.

“Toshshahartransxizmat” mutasaddisi

Transport vositasiga yetkazilgan zarar 120 ming so‘mga baholandi. Shuningdek, barcha haydovchilarga yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (7-02-2017, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют