» » Toshkentda sirpanchiq yo‘lda harakatlangan yo‘lovchi avtobusi ag‘darilib ketdi

Toshkentda sirpanchiq yo‘lda harakatlangan yo‘lovchi avtobusi ag‘darilib ketdi


Toshkentning Yashnobod tumanida 6-fevral, dushanba kuni 49-yo‘nalish (TTZ—metroning “Do‘stlik” bekati) bo‘yicha harakatlanatayotgan Isuzu rusumli yo‘lovchi avtobusi ag‘darilib ketdi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda. 

Aviasozlar ko‘chasida harakatlanayotgan yo‘lovchi avtobus g‘ildiragi ariqqa tushib ketib, yonboshiga ag‘darildi. Avariya fotosi Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi foydalanuvchilari tomonidan tarmoqqa joylashtirildi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasida hech kim jabrlanmadi. Yuz bergan holatga yo‘lning muzlab qolgani sabab bo‘lgan.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (6-02-2017, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют