» » Qatar Airways’ning dunyodagi eng uzun to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozni amalga oshirgan samolyoti salkam 17 soatlik parvozdan so‘ng Yangi Zelandiyada qo‘ndi (video)

Qatar Airways’ning dunyodagi eng uzun to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozni amalga oshirgan samolyoti salkam 17 soatlik parvozdan so‘ng Yangi Zelandiyada qo‘ndi (video)


Qatar Airways aviakompaniyasining dunyodagi eng uzun to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozni amalga oshirayotgan samolyoti 16 soatdan ko‘proq vaqt o‘tib, Yangi Zelandiyada qo‘ndi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: Twitter/Qatarairways

“Biz Oklendda rasman qo‘ndik”, — deya ma’lum qilindi kompaniyaning Twitter’dagi sahifasida.

Guardian nashriga ko‘ra, havo kemasi Doxa aeroportidan mahalliy vaqt bilan 5-fevral, yakshanba, soat 05:10 da parvoz qilib, 6-fevral, dushanba kuni 07:30 da Oklend shahrida qo‘nishi, uchish vaqti 16 soat 20 daqiqadan iborat bo‘lishi mo‘ljallangandi. Samolyot rejalashtirilganidan bir necha daqiqa ertaroq qo‘ndi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Qatar Airways’ning mazkur rekordi 2018-yilda Singapur—Nyu-York yo‘nalishida yangi reysni boshlashni ko‘zda tutayotgan ?Singapore Airlines tomonidan yangilanishi mumkin.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (6-02-2017, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют