» » Floyd Meyvezer qaramog‘ida mag‘lubiyatsiz davom etayotgan Sanjar Rahmonovning navbatdagi jangi sanasi ma’lum

Floyd Meyvezer qaramog‘ida mag‘lubiyatsiz davom etayotgan Sanjar Rahmonovning navbatdagi jangi sanasi ma’lum


Floyd Meyvezerga qarashli promouterlik kompaniyasi vakili hisoblangan o‘zbekistonlik Sanjar Rahmonov 24-fevral kuni hisob bo‘yicha sakkizinchi jangini Kaliforniyada o‘tkazadi. Bu haqda “Olamsport” nashri xabar berdi.

Rahmonovning kimga qarshi jang qilishi hozircha aniq emas. Bu masalaga yaqin kunlar ichida oydinlik kiritiladi.

Aslida o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi 24-fevral kuni Endryu Tabitiga raqib bo‘lishi kerak edi. Biroq bokschi o‘z rejalariga o‘zgartirish kiritgani uchun, Rahmonov ma’lum muddat raqibsiz qoldi.

Ma’lumot uchun, Sanjar Rahmonov hozirga qadar 7 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, shularning 6 tasida raqiblarini mag‘lub etgan, teng yarmida nokautga uchratgan. Faqatgina bitta jangida g‘olibni aniqlab bo‘lmagan.

Rahmonovning so‘nggi jangi Las-Vegasda o‘tib, u kelib chiqishi Gavayidan bo‘lgan Jonatan Dinongdan ochkolar bo‘yicha ustun kelgandi.

Опубликовано: admin (6-02-2017, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют