» » China Dragons’ni mag‘lub eta olmagan Uzbek Tigers rossiyalik bokschilardan ustun kelgan Qozog‘iston jamoasiga qarshi kurashadi

China Dragons’ni mag‘lub eta olmagan Uzbek Tigers rossiyalik bokschilardan ustun kelgan Qozog‘iston jamoasiga qarshi kurashadi


Butunjahon boks seriyasi (WSB)ning 2-turini ham O‘zbekiston terma jamoasi safarda o‘tkazadi. Uzbek Tigers jamoasining navbatdagi raqibi Qozog‘istonning Astana Arlans klubi bo‘ladi.

To‘qnashuvlar 18-fevral kuni Qozog‘istonning Toldiqo‘rg‘on shahrida o‘tadi, deb yozdi “Olamsport”. Unda ham odatga ko‘ra Qozog‘iston va O‘zbekistonning besh nafardan bokschisi o‘zaro ringga ko‘tariladi.

Qayd etish kerak, Rio—2016 qahramonlarisiz China Dragons bilan bellashgan Uzbek Tigers 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygandi. Uning bo‘lajak raqibi Astana Arlans esa Moskva shahrida Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasidan ustun keldi — 3:2.

Qozog‘istonlik bokschilardan Ilyas Suleymenov (56 kg), Abilxon Amanqulov (75 kg) va Anton Pinchuk (91 kg) raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan. Temirtas Jusupov (49 kg) va Dilmurat Majidov (64 kg) mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan.

Qozog‘iston termasiga qarshi ringga chiqadigan O‘zbekiston termasi a’zolarining nomi kelasi hafta e’lon qilinadi.

Опубликовано: admin (6-02-2017, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 60) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют