» » Qozog‘iston Milliy gvardiya bosh qo‘mondoni Chirchiq poligonida “terrorchi guruhlar”ga qarshi kurash amaliyotini kuzatdi (foto)

Qozog‘iston Milliy gvardiya bosh qo‘mondoni Chirchiq poligonida “terrorchi guruhlar”ga qarshi kurash amaliyotini kuzatdi (foto)


Avvalroq, Qozog‘iston Milliy gvardiyasi bosh qo‘mondoni general-leytenant Ruslan Jaksilikov boshchiligidagi delegatsiyaning Toshkentga tashrifi davomi O‘zbekiston Milliy gvardiyasi qo‘mondoni general-polkovnik Bahodir Toshmatov bilan uchrashgani haqida xabar berilgandi. Tashrifning ikkinchi kuni delegatsiya Chirchiq dala o‘quv poligonida bo‘lib, Milliy gvardiya tezkor harakatlanuvchi bo‘linmalarining terrorchi guruhlarga qarshi kurashdagi amaliyotini kuzatdi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, shu bilan birga mehmonlar innovatsion o‘q otish mashg‘ulotlarida ham qatnashgan.

“Men O‘zbekiston Milliy gvardiyasi qo‘mondoniga taklif etgani uchun o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Biz birodarlik aloqalarini qayta yo‘lga qo‘yib, hamkorlikda o‘quvlarni tashkil etish masalasini ko‘rib chiqmoqdamiz. O‘zbekiston Milliy gvardiyasi tashkil topganiga qariyb ikki yarim yil bo‘lsa-da, qisqa vaqt ichida juda katta hajmdagi ishlar amalga oshirilganidan hayratda qoldim. Bu, albatta, Milliy gvardiya qo‘mondonligi va butun shaxsiy tarkibning zalvorli mehnati samarasi ekanligini tushunaman. Bu yuqori professionallikdan dalolatdir. Biz har doim shaxsiy tarkibni, avvalo, harakatlaridagi professionallik, xizmatga va harbiy intizomga bo‘lgan munosabatiga ko‘ra baholaymiz”, — deydi general-leytenant Ruslan Jaksilikov.

Shuningdek, delegatsiya Milliy gvardiya harbiy qismlaridan biriga tashrif buyurib, moddiy-texnik baza, zamonaviy qurol-yarog‘lar, faxriy qorovul va otliq eskadron chiqishlari hamda harbiy xizmatchilarning jismoniy va jangovar tayyorgarligi, shuningdek, “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida o‘quvchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar va qo‘riqlash xizmatida joriy etilayotgan innovatsion texnologiyalar natijasida erishilayotgan yutuqlar bilan tanishdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-11-2019, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют