» » AQSh delegatsiyasi O‘zbekiston milliy gvardiyasiga tashrif buyurdi

AQSh delegatsiyasi O‘zbekiston milliy gvardiyasiga tashrif buyurdi


Joriy 2019-yilning 14-may kunida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Missisipi shtatining gubernatori Fil Brayant hamda Missisipi shtati Milliy gvardiyasi general adyutanti Djenson Boyls boshchiligidagi Amerika delegatsiyasi O‘zbekiston Milliy gvardiyasi qo‘mondoni Bahodir Tashmatov bilan uchrashdi. Bu haqda Milliy gvardiya “Daryo”ga xabar berdi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni o‘rnatish maqsadida bir qator masalalar muhokama qilinib, O‘zbekiston Milliy gvardiyasi qo‘mondoni tomonidan O‘zbekiston xalqaro munosabatlarda AQShni strategik hamkor sifatida ko‘rishi hamda mintaqalararo xavfsizlikni ta’minlashda o‘rni yuqori ekanligi ta’kidlandi.

Muzokarada kelgusi hamkorlikni yanada mustahkamlashda muhim bo‘g‘in sifatida xizmat qiluvchi Toshkentdagi AQSh elchixonasining AQSh ishlari bo‘yicha ishonchli vakili Alan Melser ham ishtirok etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 36) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют