» » Abdusalom Azizov AQSh Milliy gvardiyasi delegatsiyasini kutib oldi

Abdusalom Azizov AQSh Milliy gvardiyasi delegatsiyasini kutib oldi


18-sentabr kuni O‘zbekiston mudofaa vaziri genreal-mayor Abdusalom Azizov O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Missisipi shtati Milliy gvardiyasi qo‘mondoni – shtat gubernatori o‘rinbosari, general-mayor Jeyson Boylz boshchiligidagi harbiy delegatsiyani kutib oldi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Uchrashuvda mudofaa sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati muhokama qilinib, istiqboldagi rejalar belgilab olindi. O‘zaro manfaatli hamkorliklarni kuchaytirish hamda Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlikni ta’minlash borasida fikrlar almashildi.

Suhbat davomida mudofaa vaziri Abdusalom Azizov mamlakatlararo har tomonlama va ko‘p rejali hamkorlikni rivojlantirishda joriy yilning may oyida Amerika Qo‘shma Shtatlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning amalga oshirgan rasmiy tashrifi ikki davlat hamkorligi uchun katta yutuqlar zaminini yaratganini aytib o‘tdi.

Shundan keyin mehmonlar Qurolli Kuchlar akademiyasining vazifa va faoliyati hamda malakali harbiy kadrlarni yetishtirishda zamonaviy yondashuvlar, kursantlarning ta’lim olishi va yashashi uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2018, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют