» » KXDR TIV: Pxenyan AQSh sanksiyalariga qaramasdan yadroviy imkoniyatlarini oshirishda davom etadi

KXDR TIV: Pxenyan AQSh sanksiyalariga qaramasdan yadroviy imkoniyatlarini oshirishda davom etadi


Pxenyan Qo‘shma Shtatlar tomonidan bosim va sanksiyalarning kuchaytirilishiga qaramasdan yadroviy imkoniyatlarini rivojlantirishda davom etadi. Gazetalarda chop etilgan mazkur bayonotni mamlakat TIV vakili ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Uning ta’kidlashicha, Amerika ma’muriyatining dushmanlik siyosati KXDR xalqi va armiyasining AQSh bilan hisob-kitob qilishdagi irodasi va qat’iyatini mustahkamlaydi xolos.

“AQShning sanksiyalari o‘z kuchiga tayanib rivojlanayotgan KXDRga sharqda joylashgan yadroviy davlatga aylanishiga to‘sqinlik qilmadi. Ular xalq respublikasining iqtisodiy o‘sishini to‘xtatib qola olmadi”, — deya qo‘shimcha qildi tashqi siyosat boshqarmasi vakili.

Bu bilan Shimoliy koreyalik diplomat Amerika ma’muriyatining yangi cheklovchi choralar joriy etish haqidagi qaroriga javob qaytardi. Mart oyi oxirida AQSh Moliya vazirligi KXDRning yana 11 nafar fuqarosi va mamlakatning bir yuridik shaxsiga nisbatan sanksiyalar joriy etdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-04-2017, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют