» » Somali qaroqchilari Hindiston kemasini qo‘lga oldi

Somali qaroqchilari Hindiston kemasini qo‘lga oldi


Somali qaroqchilari o‘z-o‘zini muxtor hudud deb e’lon qilgan Puntlend sohillari yaqinida Hindistonga tegishli yuk kemasini qo‘lga oldi, deb yozadi “Korrespondent.net”. Puntlend hukumati aniqlik kiritishicha, kema ekipaji va joylashgan joyi haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Nashr eslatishicha, taxminan ikki hafta ilgari Somali sohillari yaqinida egallab olingan neft tashuvchi kema bir necha kundan so‘ng hech qanday to‘lovsiz ozod etilgan edi. Bu Somali qaroqchilari tomonidan so‘nggi besh yil ichidagi birinchi hujum edi.

2000-yillar oxiri — 2010-yillar boshida Somali qaroqchilari dengizda ko‘plab kemalarni qo‘lga tushirgan, 2011-yilning o‘zida 260 ta kema qaroqchilar hujumiga uchragan.

Ammo mintaqada xavfsizlikni saqlash bo‘yicha xalqaro harakatlar sharofati bilan Somali sohillaridagi qaroqchilik hujumlari holatlari sezilarli darajada kamaygan.

Опубликовано: admin (4-04-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 8) ( 0) ( 6) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют