» » Yaman qirg‘oqlari yaqinida qochoqlar o‘tirgan kema o‘qqa tutildi, 42 kishi halok bo‘ldi

Yaman qirg‘oqlari yaqinida qochoqlar o‘tirgan kema o‘qqa tutildi, 42 kishi halok bo‘ldi


Yaman qirg‘oqlarida Somali qochoqlari o‘tirgan kema o‘qqa tutilishi natijasida kamida 42 kishi halok bo‘ldi, deb yozadi “Kommersant”.

16-mart, payshanba kuni bortida 140 ga yaqin somalilik qochoqlar bo‘lgan kema Yamandan Sudanga yo‘l olib, Bab-el-Mandeb bo‘g‘oziga yetganida hech qanday tanituvchi belgilari bo‘lmagan vertolyot unga qarata o‘t ochdi. Havodan berilgan zarbadan keyin kema Yamanning Xodeyda portiga qaytib ketdi. Bortdan 33 kishining jasadi topildi, yana 29 kishi yaralangan edi. Ko‘plab yo‘lovchilar hamon bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

Yamanda bir-biriga qarshi kurashayotgan tomonlarning hech biri voqea uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga olmayapti. Xusiylar bunda Yaman hukumati tomonida turib jangovar harakatlar olib borayotgan Saudiya Arabistoni boshchiligidagi kolalitsiyaning harbiy aviatsiyasini aybladi. Koalitsiyaning rasmiy vakili, general Ahmad Asiriy ushbu ayblovlarni rad etdi.

Опубликовано: admin (18-03-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют