» » O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi BAAga yutqazib qo‘ydi

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi BAAga yutqazib qo‘ydi


O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tayotgan Dubai Cup—U23 xalqaro musobaqadagi ishtirokini davom ettirmoqda.

17-noyabr, yakshanba kuni Lyubinko Drulovich shogirdlari Birlashgan Arab Amirliklari olimpiyachilariga qarshi bahs olib bordi.

Amirliklar 6-daqiqadayoq Zayid Al Amrining golidan keyin oldinda o‘tib oldi. 59-daqiqada Yahyo al Hassani hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. O‘yin yakunlanishi arafasida Oybek Bozorov hisobni qisqartirishga erishdi.

Avvalroq O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Iordaniya va Iroq bilan durang o‘ynagan edi. Drulovich shogirdlari 19-noyabr kuni Saudiya Arabistoniga qarshi bahs olib boradi.

Dubai Cup—U23

3-tur bahsi

17-noyabr, yakshanba

Gollar: 1:0 — 6 Zayid Al Amiri, 2:0 — 59 Yahyo Al Hassani, 2:1 — 90+1 Oybek Bozorov

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-11-2019, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют