» » Angrenda kredit va lizingga mashina olib berishni va’da qilib, 61 kishini aldagan firibgarlar qo‘lga olindi

Angrenda kredit va lizingga mashina olib berishni va’da qilib, 61 kishini aldagan firibgarlar qo‘lga olindi


Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Angren shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida 1,2 milliard so‘m mablag‘ni odamlarni aldash orqali qo‘lga kiritgan firibgarlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, A.U.G. MChJ ta’sischisi Sh.O. va rahbari I.F. oldindan biriktirib, respublikada ishlab chiqarilgan avtomashinalarni kredit va lizing shartnomalari asosida olib berish haqida fuqarolarni aldab, ishonchini suiiste’mol qilib, 61 nafar fuqarolarning 1,2 milliard so‘m pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Shuningdek, tekshiruvda Sh.O. va I.F. faoliyati davomida Sh.O.ning turmush o‘rtog‘ining nomiga Lacetti, Cobalt, Nexia-3, Spark va Damas rusumli jami 13 ta avtomashinalarni xarid qilib, jinoiy yo‘l bilan topilgan daromadlarini legallashtirganliklari fosh etilgan.

Mazkur holat yuzasidan, A.U.G. MChJ ta’sischisi Sh.O. va rahbari I.F.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq UzAuto Motors kompaniyasining IIVga yo‘llagan murojaati yuzasidan Tergov departamenti tomonidan “Avto oltmish oy” mas’uliyati cheklangan jamiyatining mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-11-2019, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют