» » “Gazprombank” va “Asaka” banki Toshkentda metallurgiya zavodini qurish haqida bitim imzoladi

“Gazprombank” va “Asaka” banki Toshkentda metallurgiya zavodini qurish haqida bitim imzoladi


3-aprel kuni Rossiyaning “Gazprombank” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekistonning “Asaka” aksiyadorlik-tijorat banki bilan Toshkent shahrida metallurgiya zavodini qurish loyihasini moliyalashtirish bo‘yicha hamkorlik haqida bitim imzoladi, deb yozadi UzDaily.

Hamkorlik doirasida tomonlar Toshkent yaqinida metallurgiya zavodini qurish bo‘yicha loyihani moliyalashtirishni rejalashtirmoqda.

Bo‘lajak zavodda metall listlarni ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy yuqori texnologik korxona ishga tushirilishi kerak.

Loyiha qiymati 280 million yevrodan oshadi. Zavod qurilishi yaqin oylarda boshlanadi. Sanoat loyihasi 2019-yilda ishga tushiriladi.

“Ushbu loyiha O‘zbekiston Respublikasi rahbariyati tomonidan amaliy qo‘llab-quvvatlanayotgani, O‘zbekiston tomonidan asosiy investor loyihaga qariyb 100 million yevro kiritayotgan Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ekanligi juda muhim”, — deya qayd etdi “Gazprombank” Boshqaruv raisi o‘rinbosari Aleksey Matveyev.

Опубликовано: admin (4-04-2017, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют