» » Zangiotadan 6 sotix yer olmoqchi bo‘lgan fuqaro 3 ming dollaridan ayrildi

Zangiotadan 6 sotix yer olmoqchi bo‘lgan fuqaro 3 ming dollaridan ayrildi


Toshkent viloyati Zangiota tumanidan olti sotix yer olmoqchi bo‘lgan fuqaro firibgarlik qurboni bo‘lib, 3 ming dollar pulidan ajraldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB tomonidan xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, Sergeli tumani IIBga 41 yoshli Aslbek S. 52 yoshli Intizor B.ga nisbatan chora ko‘rishni so‘rab murojaat qilgan. Unga ko‘ra, Intizor B. 2015-yilning yanvar oyidan mart oyigacha bo‘lgan davr mobaynida Aslbekka Toshkent viloyati Zangiota tumanidan olti sotix yer maydonini xarid qilishda yordam berishini va’da qilgan.

Buning uchun Intizor B. Aslbekdan 3 ming dollar olgan, ammo va’dasini bajarmasdan, pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan. Intizor B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“firibgarlik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-11-2019, 03:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют