» » OAV: Xakerlar AQSh va Janubiy Koreyaning KXDRga qarshi urush rejasini qo‘lga kiritdi

OAV: Xakerlar AQSh va Janubiy Koreyaning KXDRga qarshi urush rejasini qo‘lga kiritdi


Xakerlar KXDR bilan keng ko‘lamli urush boshlangan taqdirda Janubiy Koreya va AQShning birgalikdagi harakatlari bayon etilgan 5027 maxfiy rejasini qo‘lga kiritdi. Bu haqda KBS telekanaliga Janubiy Koreya hukumatidagi manba ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“O‘tgan yil sentabrida Shimoliy Koreya xakerlari ekanligi taxmin qilinayotganlar tomonidan Milliy mudofaa vazirligi ichki tarmog‘iga buzib kirilgan. Yaqinda yakunlangan tekshiruv davomida ko‘ra, xakerlar qo‘liga tushgan materialllar orasida 5027 operativ rejasi ham borligi aniqlandi”, — deyiladi telekanal xabarida.

Mudofaa vazirligi tarmoqqa buzib kirilganligini tan oldi, biroq jamoatchilikni muhim ma’lumotlar chiqib ketmaganligiga ishontirmoqchi bo‘ldi. Biroq batafsil tekshiruv xakerlar maxfiylikning eng yuqori darajasidagi hujjatlar, jumladan, Shimoliy Koreyaga qarshi jangovar harakatlar rejasini qo‘lga kiritganligini ko‘rsatdi.

Harbiy prokuratura mudofaa vaziriga tekshiruv yakunlari haqida ma’lum qildi. Hozirda maxfiy manbalar chiqib ketganligi uchun javobgarlikka tortiladigan shaxslar doirasiga aniqlik kiritilmoqda. Shuningdek, endi AQSh va Janubiy Koreya 5027 rejasiga jiddiy o‘zgartirish kiritishiga to‘g‘ri keladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-04-2017, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют