» » Aktrisa Gavhar Sharipova olamdan o‘tdi

Aktrisa Gavhar Sharipova olamdan o‘tdi


“Opa-singillar” serialida Nafisa rolini ijro etgan aktrisa Gavhar Sharipova olamdan o‘tdi. Bu haqda serial rejissori Zamira Begimqulova jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.

Gavhar Sharipova juda ham yaxshi aktrisa edi. Uni institutda to‘rtinchi kursda o‘qib yurgan vaqtlaridan bilaman. O‘zgacha, boshqalarga o‘xshamagan, chiroyli tabassumi uchun uni yoqtirib qolganman. “Opa-singillar” serialida qaynonasining zug‘umidan eziladigan katta opa, ya’ni Nafisa rolini mahorat bilan ijro etgan edi. Bu rolga uning mehribon, ochiqko‘ngil, sodda, kerak bo‘lganda sharttaki xarakteri uchun tanlab olgan edik. Oila a’zolariga, yaqinlariga hamdardlik bildiraman. Alloh rahmatiga olgan bo‘lsin, ilohim.

Zamira Begimqulova, rejissor

Ma’lumot uchun, aktrisa Gavhar Sharipova 1980-yilda Navoiy shahrida tug‘ilgan bo‘lib, “Aldangan ayol”, “Go‘zallik siri”, “Alpomish”, “Gulxan atrofidagilar”, “Sarvinoz” kabi filmlarda ham turli darajadagi rollarni ijro etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-11-2019, 14:43)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют