» » Aktrisa Hilola Toshmuhammedova 8-mart kuni olamdan o‘tdi

Aktrisa Hilola Toshmuhammedova 8-mart kuni olamdan o‘tdi


O‘zbek milliy akademik drama teatri aktrisasi Hilola Toshmuhammedova 8-mart kuni 32 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda Nazokat Azim Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

“Milliy teatrimiz aktrisasi Hilola Toshmuhammedovani ko‘plar qatoriga qo‘shibmiz. Judayam xushchaqchaq qiz edi. Quyoshcha edi. Biram samimiy, mehnatkash, odobli. ‘Orzular fasli’ serialida o‘ynaganlar ichida eng iqtidorlisi deb hisoblardik, rolini juda maromiga keltirib ijro etgan”, — deya yozuv qoldirgan jurnalist.

Aktrisa 7-mart kuni ishdan uyga qaytgach tobi qochgani, shifoxonada esa qon bosimi keskin tushib ketgani bildirilmoqda.

Hilola Toshmuhammedova “Faridaning dil daftari”, “Ko‘ngil” kabi spektakllar, bir qator film va seriallarda rollar ijro etgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2018, 08:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют