WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Gollivudning eng keksa aktrisasi vafot etdi
Gollivudning eng keksa aktrisasi vafot etdi
Gollivudning eng keksa aktrisasi Konni Soyyer 105-yoshida vafot etdi. Bu haqda TMZ xabar bermoqda, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Soyyer saratonga qarshi ko‘p yillik kurashdan so‘ng Vudlend-Xillzdagi (Kaliforniya shtati) uyida vafot etdi. Uning o‘limi aniq sababi hali aniqlanmagan.
Aktrisa ilk rolini 18 yoshida qo‘lga kiritgan, karyerasi davomida 140 dan ortiq kartinada suratga tushgan. U ko‘proq televideniyeda mashhur bo‘lsa-da, “Garri Sallini uchratganda”, “Ananasli ekspress” kabi filmlarda rol ijro etgan.
Soyyer 99 yoshida Kinematografiya fan va san’ati akademiyasining eng keksa a’zosi bo‘lgan.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Кто вы по знаку зодиака?