» » Video: Habib Nurmagomedov Toshkentda dabdabali kutib olindi

Video: Habib Nurmagomedov Toshkentda dabdabali kutib olindi


MMA bo‘yicha Toshkent mezbonlik qiladigan GFC 20 musobaqasining faxriy mehmoni Habib Nurmagomedov 20-noyabr, kuni Toshkentga yetib keldi, deb xabar beradi voqea joyidan “Daryo” muxbiri.

23-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan GFC 20 musobaqasida Habibning amakivachchasi Umar Nurmagomedov ham ishtirok etadi. Habib esa musobaqadan ikki kun oldin Toshkentga tashrif buyurdi. Uni Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi kutib oldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Habibning otasi Abdulmanap Nurmagomedov charter reys orqali Toshkentga yetib kelgandi.

Ma’lumot uchun, 21-noyabr kuni Toshkentdagi Hilton mehmonxonasida GFC 20 musobaqasidan oldingi matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning o‘zi esa 23-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-11-2019, 01:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 24) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют