» » Merkel Xorvatiyaning Shengen hududiga kirish bo‘yicha amalga oshirgan chora-tadbirlariga baho berdi

Merkel Xorvatiyaning Shengen hududiga kirish bo‘yicha amalga oshirgan chora-tadbirlariga baho berdi


Germaniya kansleri Angela Merkel Yevropa xalq partiyasi syezdining ochilishi munosabati bilan Zagrebga qilgan rasmiy tashrifi vaqtida Xorvatiya tomonidan Shengen hududiga kirish maqsadida amalga oshirilgan sa’y-harakatlarga yuqori baho berdi. Bu haqda “Izvestiya” xabar tarqatgan.

“Xorvatiya hukumatiga Shengen hududiga kirish talablarini amalga oshirish uchun qilingan chora-tadbirlar uchun minnatdorlik bildiraman”, — deya ta’kidlagan Merkel Xorvatiya bosh vaziri Andrey Plenkovich bilan muzokaralardan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Mavzuga doir: 

Mezbon mamlakat hukumatining rahbari Xorvatiyaning hududga kirishga ancha vaqtdan buyon tayyorgarlik ko‘rayotganligini qayd etdi. Bosh vazir xorvatlarning Shengen hududiga qabul qilinishi Sloveniyaning Yevropa ittifoqiga rahbarlik qiladigan davri 2021-yil ikkinchi yarim yilligida ko‘rib chiqilmasligi, chunki Lyublyana ushbu jarayonga qarshilik bildirayotganligini ta’kidladi.

22-oktabrda Yevrokomissiya o‘z hisobotida Xorvatiyaning Shengen hududiga kirish uchun barcha talablarni bajarganini xabar qilgan. Ma’lumotda ushbu jarayonni baholash 2016-yilda boshlangani, mamlakat esa Shengen standartlarini bajarishga kirishgani bayon qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-11-2019, 11:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют