» » Angela Merkel bundestagga yangi saylovlar o‘tkazilishini yoqlab chiqdi

Angela Merkel bundestagga yangi saylovlar o‘tkazilishini yoqlab chiqdi


Germaniya kansleri Angela Merkel bundestagga yangi saylovlar o‘tkazilishini yoqlab chiqdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

U “kamchilik hukumati” faoliyatiga munosabati salbiy ekanligini bildirdi va mamlakat prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerga bunday hukumat kansleri bo‘lishni rejalashtirmaganini ma’lum qildi.

“Bundestagga yangi saylovlar eng maqbul variant bo‘lardi”, — dedi Merkel.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Germaniya Erkin demokratik partiyasi Angela Merkelning XDS/XSS bloki bilan koalitsiya tuzishdan voz kechgandi.

Prezident Shtaynmayer hukumatni shakllantirish bo‘yicha muzokaralarning bosh berk ko‘chaga kirib qolishi Germaniyani 70 yildan buyon kuzatilmagan murakkab vaziyatga olib kelganini bildirdi.

Опубликовано: admin (21-11-2017, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют