» » Qashqadaryoda 2 Damas to‘qnashishi oqibatida 5 kishi halok bo‘lganidan so‘ng Damas’larni nazorat qiluvchi uyushmaning litsenziyasi 10 kunga to‘xtatildi

Qashqadaryoda 2 Damas to‘qnashishi oqibatida 5 kishi halok bo‘lganidan so‘ng Damas’larni nazorat qiluvchi uyushmaning litsenziyasi 10 kunga to‘xtatildi


Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida ikki Damas to‘qnashishi oqibatida 5 nafar kishi vafot etgani xususida xabar berilgandi.

O‘sha to‘qnashuvda ishtirokchi bo‘lgan 210-yo‘nalishida harakatlanuvchi Damas’lar faoliyatini nazorat qiluvchi uyushmaning litsenziyasi jazo tariqasida 10 kunga to‘xtatilgan. Bu haqda Qashqadaryo transport boshqarmasida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri.

Qayd etilishicha, o‘sha mudhish voqeaga sabab bo‘lgan yo‘lovchi tashuvchi avtomobillar faoliyati “Shahzod avtotrans” MChJ tomonidan litsenziyalangan.

“Uyushma litsenziyasi 10 kunga to‘xtatilgan bo‘lsa-da, Damas’lar o‘z faoliyatini davom ettirgan va 10 dan ortiq haydovchilarning noqonuniy faoliyati aniqlandi. Shu boisdan ham mazkur yo‘nalish a’zoligidagi 10 dan ortiq haydovchilarga nisbatan chora ko‘rishni so‘rab sudga murojaat qildik”, — deydi boshqarma mutasaddisi Ozod Hayitov.

Qashqadaryo transport boshqarmasi boshlig‘i Ulug‘bek Ernazarovning qo‘shimcha qilishicha, 210-yo‘nalish uyushmasi mas’ullarining e’tiborsizligi litsenziyani 10 kunga to‘xtatib qo‘yish bilan cheklanmaydi. Mazkur holat huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan nazoratiga olingan bo‘lib, ayni kunda tergov-surishtiruv jarayonlari ketmoqda.

Ikki Damas ishtirokidagi mudhish yo‘l-transport hodisasi 2019-yilning sentabrida yuz bergan edi. Halokat soat 8:00 da Xonobod qishlog‘idan chiquvchi ikkinchi darajali yo‘lning “Qarshi—Shahrisabz” yo‘liga tutash qismida yuz bergan, oqibatda besh kishi hodisa joyida halok bo‘lgan, yana bir necha kishi jarohatlangan edi.

Mavzuga doir:

Qashqadaryoda ikki Damas to‘qnashdi. YPX xodimi yonayotgan Damas’dan yo‘lovchilarni olib chiqdi, qurbonlar bor (video, foto)

Qashqadaryodagi Damas’lar to‘qnashuvida 5 kishi halok bo‘lgan. YTH oqibatida har ikki mashina yonib ketgan



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-11-2019, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют