» » Chilonzor tumanida yana bir yo‘l o‘tkazgich qurish taklif etildi

Chilonzor tumanida yana bir yo‘l o‘tkazgich qurish taklif etildi


Toshkentda yana bir yo‘l o‘tkazgich qurish taklif etilmoqda. Tegishli petitsiya “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portaliga joylashtirildi.

Murojaatda aytilishicha, bugungi kunda poytaxt yo‘llarida juda ko‘p transport vositalari harakatlanmoqda. Ammo poytaxtning ayrim ko‘chalari ko‘p miqdordagi transport vositalari oqimini qabul qilishga mo‘ljallanmaganligi sababli doimiy ravishda tirbandliklar vujudga kelmoqda.

Mavzuga doir: Chilonzor tumanida yangi ko‘prik qurilishi mumkin

“Jumladan, ushbu holat xalq orasida “Shuhrat” chorrahasi nomi bilan mashhur bo‘lgan Chilonzor tumanining Kichik halqa avtomobil yo‘li kesishmasida doimiy kuzatib kelinmoqda”, — deb yozadi murojaat muallifi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Chilonzor tumanidagi yo‘llarda mavjud tirbandliklarni oldini olish maqsadida Kichik halqa avtomobil yo‘li va Qatortol ko‘chalari kesishmasi (“Shuhrat” chorrahasida) avtomobillar uchun yo‘l o‘tkazgich (ko‘prik) qurish taklifi berilgan.

Petitsiya portalga 2-noyabr kuni joylangan bo‘lib, belgilangan 90 kunlik muddatda yetarli ovoz (5 000) to‘plasa, vakolatli davlat organi tomonidan tegishli tartibda ko‘rib chiqiladi.

Bundan avval Chilonzor tumanida yangi ko‘prik qurilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-11-2019, 16:28)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 1) ( 50) ( 1)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...