» » Eron raketa zaxirasi Yaqin Sharqdagi boshqa davlatlarnikidan ko‘p ekani ma’lum qilindi

Eron raketa zaxirasi Yaqin Sharqdagi boshqa davlatlarnikidan ko‘p ekani ma’lum qilindi


AQSh mudofaa vazirligi tomonidan tekshirilgan tadqiqot natijalari Eron ballistik raketalar dasturi Vashington o‘n yil davomida forslarga nisbatan sanskiya qo‘llaganiga qaramay Yaqin Sharqdagi boshqa davlatlardan kuchli va ko‘p ekanligini ko‘rsatdi. Bu haqda “Iran.ru” xabar berdi.

“Eron raketalar ishlab chiqish borasida keng qamrovli dasturga ega, mamlakatning raketa kuchlari hajmi va mukammalashuvi yildan yilga kuchaymoqda. O‘n yil davomida Vashington tomonidan Tehronga moliyaviy cheklovlar qo‘llanilgani ham ushbu jarayonga salbiy ta’sir ko‘rsata olmagan. Eron Yaqin Sharq mintaqasida eng kuchli raketalar arsenaliga ega davlat”, — deyiladi Pentagon tadqiqotida.

Ismini oshkor etmagan AQSh razvedkasi vakili Eron raketa qudrati tadqiqotda Isroilning havodan hujum quvvati bilan solishtirilganini bildirgan.

Mavzuga doir: 

AQSh mudofaa vazirligi tadqiqotda Eron raketa dasturining tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida amalga oshirilmaganligiga urg‘u bergan.

“Eron ballistik raketalarni uzoq radiusdagi obyektga zarba yo‘llash hamda mintaqadagi raqiblari ya’ni AQSh, Isroil va Saudiya Arabistoniga hujum qilish maqsadida sinovdan o‘tkazgan”, — deyilgan hisobotda.

Shuningdek, Pentagon hisobotida Tehronning 2000 kilometr uzoqlikdagi nishonga Tel-Aviv hamda Ar-Riyod shaharlaridagi binolarga zarba bera oladigan raketalarga ega ekanligi qayd etilgan.

Mavzuga doir: 

Eron hukumati raketalar dasturining boshqa davlatlarga hujum qilish uchun emas, balki mamlakatni tashqi tahdidlardan himoya qilish maqsadida amalga oshirilganini ta’kidlab keladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-11-2019, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют