» » AQSh samolyotlariga Eron havo hududidan o‘tish taqiqlandi

AQSh samolyotlariga Eron havo hududidan o‘tish taqiqlandi


Eronning “Xotam al-Anbiyo” raketa hujumiga qarshi mudofaa bazasi qo‘mondoni general Amir Farzod Ismoiliy AQSh aviatsiyasiga, u harbiy yoki fuqarolik aviatsiyasi bo‘lishidan qat’iy nazar, Eron havo hududidan o‘tish taqiqlanganini ma’lum qildi. Bu haqda, Fars agentligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

“Biz dunyoga buning o‘rniga ikki xil standartlarni ko‘rsata olmaymiz, masalan, AQSh o‘ziga bino qo‘ygan jahon hokimiyati ekanligini aytamiz, va AQSh samolyotlariga, hatto yo‘lovchi tashuvchilariga ham, Eron Islom Respublikasi havo hududidan o‘tishiga yo‘l qo‘ymaymiz, negaki Eron AQSh hukumati siyosatiga qarshidir”, — dedi Ismoiliy.

O‘z navbatida, Eron brigada generali Muhammad Bakiriy Tehrondagi chiqishida Eron havo hududiga kiruvchi “har qanday dushman samolyoti” darhol ogohlantirilishini ta’kidlab o‘tdi.

“Dushmanlar ularning samolyotlari ogohlantirilishi Eron ko‘radigan choralarning eng kichigi ekanligini bilishi lozim”, — qayd qilib o‘tdi u.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (5-09-2017, 22:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 121) ( 0) ( 118) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют