» » Aqto‘beda O‘zbekistonning 55 nafar fuqarosini olib ketayotgan avtobus buzilib qoldi

Aqto‘beda O‘zbekistonning 55 nafar fuqarosini olib ketayotgan avtobus buzilib qoldi


20-noyabr, chorshanba kuni “Samara—Chimkent” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan va ichida 57 kishi, shu jumladan, 55 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan avtobus Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati Xromtau tumani hududida texnik nosozlik tufayli to‘xtab qolgan. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xabar berildi.

O‘zbekiston Aqtau shahridagi bosh konsulxonasi tomonidan xabar berilishicha, Qozog‘istonning Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha Aqto‘be viloyat departamenti yordamida avtobus yo‘lovchilari issiq joyga evakuatsiya qilingan.

Qayd etilishicha, yo‘lovchilar orasida tibbiy yordamga muhtojlar mavjud emas. Sovuq ob-havoga qaramay, avtobusda yoz uchun mo‘ljallangan yonilg‘idan foydalanilgani va u muzlab qolgani nosozlikka sabab bo‘lgan. Ayni paytda avtobusni ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va Qozog‘istonning tegishli idoralari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi, deyiladi TIV xabarida.

Shu bilan birga, TIV Konsullik-huquqiy departamenti yana bir bor O‘zbekiston fuqarolari e’tiborini avtobuslarda yoki avtomobil transportining boshqa turlarida qish mavsumida Qozog‘istonga kirishda yoki uning hududidan o‘tishda ehtimoliy xatarlarni hisobga olish va tegishli choralar ko‘rish zarurligiga qaratmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-11-2019, 00:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют