» » O‘zbekistonlik ayol Qozog‘istonda YTHga uchradi

O‘zbekistonlik ayol Qozog‘istonda YTHga uchradi


17-oktabr, payshanba kuni Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati Irgiz tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan ayol S.N jarohat olgan. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Ayol Irgiz tumani kasalxonasiga joylashtirilgan, uning holati og‘ir deb baholanmoqda. O‘zbekistonning Aqto‘be shahridagi Bosh konsulligi vaziyatni nazorat ostiga olgan va tibbiy muassasa bilan doimiy aloqada.

Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti Qozog‘istonning Aqto‘be, Atirau, G‘arbiy Qozog‘iston va Mang‘istov viloyatlaridagi O‘zbekiston fuqarolari zarur holatlarda Aqtau shahridagi O‘zbekistonning Bosh konsulligiga +7-29-277-71-17, +7-777-599-00-50, +7-777-599-00-51 telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-10-2019, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют