» » Qozog‘istondagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Qozog‘istondagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi


2019-yil 11-iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:00 da Qozog‘istonning Qizilo‘rda viloyati Janaqo‘rg‘on tumanidagi avtomobil yo‘lida ichida ikki nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan VAZ-2107 avtomashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga tayanib xabar qilmoqda.

Natijada O‘zbekiston fuqarosi Sh.D. vafot etdi, ikkinchi o‘zbekistonlik M.K.ga birinchi zarur tibbiy yordam ko‘rsatilganidan so‘ng kasalxonaga yotishga zarurati yo‘qligi ma’lum qilindi.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan.

Konsullik-huquqiy departamenti Qozog‘istonda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda O‘zbekistonning Nur-Sulton shahridagi Elchixonasiga (Nur-Sulton shahri, Aqmo‘la, Shimoliy Qozog‘iston, Pavlodar, Qostanay va Qarag‘anda viloyatlari, tel.: +7-717-295-42-52); Aktau shahridagi Bosh konsulxonaga (Aqto‘be, Atirau, G‘arbiy Qozog‘iston va Mangistau viloyatlari, tel .: +7-729-277-71-17); Olmaota shahridagi Bosh konsulxonaga (Olmaota shahri, Chimkent shahri, Olmaota viloyati, Sharqiy Qozog‘iston, Turkiston, Jambil va Qizilo‘rda viloyatlari, tel.: +7-727-291-11-78) murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-07-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют