» » Qozog‘istonda 11 nafar o‘zbekistonlik ishtirokida YTH yuz berdi, qurbonlar va jabrlanganlar bor

Qozog‘istonda 11 nafar o‘zbekistonlik ishtirokida YTH yuz berdi, qurbonlar va jabrlanganlar bor


O‘zbekistonning Aktau shahridagi (Qozog‘iston) Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2019-yil 29-iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:15 da “Samara—Chimkent” trassasining 896-km.da 3 avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi, deyiladi Tashqi ishlar vazirligi xabarida. Avtomobillarning ikkitasida 11 nafar O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan. YTH oqibatida o‘zbekistonlik M.A. vafot etdi.

Sadafxon Ahmataliyevna Yunusova va Oybek Xotamjon o‘g‘li Mo‘minjonov jarohat olgan va Aqto‘be viloyati Xromtau tumanidagi kasalxonaga joylashtirilgan. Olingan ma’lumotlarga binoan ularning sog‘liklari holati barqaror.

8 nafar o‘zbekistonlik ayni paytda Xromtau shahridagi “Sherxan” kempingida bo‘lib turibdi. YTH bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda.

Bosh konsulxona tomonidan vaziyat nazoratga olingan hamda Aqto‘be viloyati Xromtau tumanining tegishli organlari bilan tezkor aloqa o‘rnatilgan.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi hamda eslatib o‘tadiki, Qozog‘istonning Aqto‘be, Atirau, Mang‘istau va G‘arbiy Qozog‘iston viloyatlari hududida bo‘lib turgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Aktau shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-29-277-71-17.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-06-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют