» » O‘zbekistonning ayrim hududlarida 23-noyabr kuni 15 darajagacha sovuq bo‘ladi

O‘zbekistonning ayrim hududlarida 23-noyabr kuni 15 darajagacha sovuq bo‘ladi


O‘zgidromet O‘zbekistonda 23-noyabr, shanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Toshkent shahri

Havo o‘zgarib turadi, biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7—12 m/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0—2 daraja sovuq, kunduzi 2—4 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyati

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7—12 m/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10—15 daraja sovuq, kunduzi 2—7 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7—12 m/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0—5 daraja sovuq, ba’zi joylarda 8 darajagacha sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq bo‘ladi; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 10—15 daraja sovuq, kunduzi 0—5 daraja sovuq bo‘ladi.

Mavzuga doir: Foto: Toshkentda — qor

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7—12 m/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7—12 m/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 0—5 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7—12 m/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq—2 daraja iliq, kunduzi 0—5 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari

Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7—12 m/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2—7 daraja sovuq, kunduzi 0—5 daraja sovuq bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-11-2019, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют