» » Davlat chegarasida psixotrop moddalar va pirotexnika vositalarini olib kirmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Davlat chegarasida psixotrop moddalar va pirotexnika vositalarini olib kirmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi


DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari O‘zbekiston hududiga psixotrop moddalar va pirotexnika vositalarining olib kirilishiga bo‘lgan urinishlarni to‘xtatib qoldi. Bu haqda Chegara qo‘shinlari matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, “Sariosiyo avtoyo‘l” o‘tkazish punktida olib borilgan tekshiruvlar natijasida Belarus Respublikasi fuqarosi M.S. boshqaruvidagi Volvo markali avtomobilda umumiy og‘irligi 250 gramm bo‘lgan 5 000 dona “Tramadol” tabletkalari borligi ma’lum bo‘lgan.

“Keles” temiryo‘l o‘tkazish punktida o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida esa “Samara—Toshkent” qatnovi bilan Rossiyadan qaytgan O‘zbekiston fuqarosi J.T. umumiy qiymati 3 million so‘mga teng bo‘lgan 16 dona pirotexnika vositalarini yashirib olib o‘tishga uringanligi aniqlangan.

Mavzuga doir: Buxoroda bojxona xodimlari 8,5 million so‘mlik bioaktiv qo‘shimchalarni to‘xtatib qoldi

Ta’kidlash kerakki, hozirda DXX Chegara qo‘shinlari psixotrop moddalarning noqonuniy savdosiga qarshi keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-11-2019, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют