» » Video: Deontey Uaylder yil jangida Luis Ortisni nokautga uchratdi

Video: Deontey Uaylder yil jangida Luis Ortisni nokautga uchratdi


Boks bo‘yicha super og‘ir vazn vakillari Deontey Uaylder va Luis Ortis 23-noyabr, shanba kuni Las-Vegasda WBC kamari uchun ringa ko‘tarildi.

Jangning 7-raundida amerikalik bokschi texnik nokaut bilan g‘alabaga erishdi. Raund tugashiga o‘n soniya vaqt qolganda Ortis hujumga o‘tish vaqtida qarshi zarbani qabul qilib oldi va bu kubalik bokschining nokautga uchrashiga sabab bo‘ldi.

Deontay Wilder (-700) gets the KO on Ortiz in the 7th round.
pic.twitter.com/vptBTbaUjS

— Barstool Bets (@barstoolbets) November 24, 2019

Shu tariqa Uaylder o‘ninchi marta chempionlik kamarini himoya qilishga muvaffaq bo‘ldi.

Bu Uaylder uchun prof boksdagi 42-g‘alaba bo‘ldi (ularning 41 tasi nokaut bilan yakunlangan). Shuningdek, uning hisobida bitta durang ham bor. 40 yoshli Ortis esa faoliyatida ikkinchi marta mag‘lubiyatga uchradi. Qiziq tomoni kubalik bokschi ilk mag‘lubiyatni ham aynan Deonteydan qabul qilib olgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-11-2019, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют