» » Qoraqalpog‘istonda tuman hokimi 200 nafar yosh yigit-qiz bilan uchrashdi

Qoraqalpog‘istonda tuman hokimi 200 nafar yosh yigit-qiz bilan uchrashdi


Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumani yoshlarining tuman hokimi Ne’matulla Xudoyberganov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi O‘zA.

“Yoshlarda tadbirkorlik ko‘nikmasini shakllantirishga ko‘maklashish va ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish” mavzusida tashkil etilgan tadbirda kasb-hunar ta’limi muassasalarining 200 dan ortiq bitiruvchisi ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekistonda bitiruvchilar bandligini ta’minlash, yoshlarda tadbirkorlik ko‘nikmasini shakllantirish, ularni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka jalb etish orqali mustaqil hayotda o‘z o‘rnini topishga ko‘maklashishga alohida e’tibor qaratilayotgani qayd etildi.

2016—2017-o‘quv yilida tumandagi oltita kasb-hunar kollejini 43 yo‘nalish bo‘yicha 2180 ga yaqin o‘g‘il-qiz bitiradi. Ularni ish bilan ta’minlashda “Kamolot” yoshlar ijtimoy harakati tomonidan o‘tkazilayotgan “Mening biznes g‘oyam”, “Yosh tadbirkor — yurtga madadkor” loyihalari muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ayni paytda 200 dan ziyod bitiruvchi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagini bildirgan. Jumladan, Ellikqal’a tibbiyot kollejining uchinchi bosqich o‘quvchisi Aynura Annamuratova imtiyozli kredit mablag‘i evaziga Toza bog‘ ovulida kutubxona, Shahlo Mamatova Bo‘ston shahrida tikuvchilik sexi ochish bo‘yicha o‘z biznes rejalarini taqdim etgan.

Tadbirda tumandagi “Yagona darcha” markazi, tijorat banklari, tuman soliq inspeksiyasi xodimlari tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoshlarga O‘zbekistonda bu borada yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-04-2017, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют