» » Shavkat Mirziyoyev aholiga onkologik yordam korsatishni takomillashtirish togrisidagi qarorni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev aholiga onkologik yordam korsatishni takomillashtirish togrisidagi qarorni imzoladi


Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-aprel kuni 20172021 yillarda Ozbekiston Respublikasida onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish va aholiga onkologik yordam korsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi qarorni imzoladi. Qaror matni OzAda elon qilingan.

Qarorda asosiy maqsadi onkologik kasalliklar tufayli olimni pasaytirish hisobiga aholi hayoti sifatini yaxshilash va umrni uzaytirish hisoblangan onkologiya xizmatini yanada rivojlantirishning ustuvor yonalishlari belgilangan quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi nazarda tutilgan:

Qaror onkologik kasalliklarning oldini olish, barvaqt aniqlash va davolash sohasida tibbiyot tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirishning yagona metodik vertikali shakllantirilishini nazarda tutadi.

Ushbu vazifalarni hal etish uchun Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazini tashkil etish, shuningdek, mintaqaviy onkologiya dispanserlarini uning filiallariga aylantirish nazarda tutilgan.

Quyidagilar yangidan tashkil etiladigan markaz va uning filiallari faoliyatining ustuvor vazifalari etib belgilangan:

Xavfli osmalarga barvaqt tashxis qoyishni yaxshilash va importning ornini bosadigan mahalliy osmaga qarshi preparatlarni yaratish maqsadida Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi negizida Saraton profilaktikasi va Eksperimental onkologiya markazlari tashkil etiladi.

Onkologik kasalliklarning oldini olish boyicha muvofiqlashtiruvchi-metodik faoliyatni taminlash va skrining tekshirishlar otkazish, onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarning yagona axborot bazasini shakllantirish, shuningdek, saraton epidemiologiyasi va xavfli osmalar rivojlanishining molekulyar mexanizmi sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish, mahalliy osmaga qarshi preparatlarni ishlab chiqish markazlarning asosiy vazifalari hisoblanadi.

Rejalashtirilgan tadbirlar doirasida respublika onkologiya muassasalari saraton kasalliklarini endoskopik va radioterapevtik davolash boyicha eng yangi apparatlar komplekslari bilan jihozlanadi, shu jumladan, respublikaga Da Vinchi robotlashtirilgan jarrohlik kompleksi va gamma tig singari noyob uskuna yetkazib beriladi.

Viloyat onkologiya muassasalari tuzilmasida palliativ yordam berish boyicha bolimlar, shuningdek, Toshkent, Fargona, Samarqand va Urganch shaharlarida tortta mintaqalararo xospislar tashkil etilishi respublika fuqarolarining hayoti sifati yaxshilanishiga prinsipial jihatdan muhim yondashuv boladi.

Respublikaning barcha hududida kokrak bezi va bachadon boyni saratonini va Fargona viloyatida tajriba loyihasini amalga oshirish doirasida qizilongach, meda va kolorektal saratonni aniqlashga yonaltirilgan skrining tadqiqotlarini bosqichma-bosqich joriy etish yoli bilan onkologik kasalliklarning oldini olish va barvaqt tashxis qoyish chora-tadbirlarini takomillashtirishga, xavfli osmalarga barvaqt tashxis qoyishning molekulyar-biologik, genetik, endoskopik va nur usullarini onkologiya dispanserlari amaliyotiga joriy etishga muhim ahamiyat berilgan.

Onkologiya xizmatining kadrlar salohiyatini mustahkamlash va onkologik kasalliklarning oldini olish, tashxis qoyish va davolash sohasida ilmiy tadqiqotlar doirasini kengaytirish, shuningdek, ilmiy ishlanmalarning zamonaviy jahon tajribasini mahalliy amaliyotga joriy etish, vrachlarning xorijiy mamlakatlarda malaka oshirishi maqsadida yetakchi onkologiya klinikalari bilan sheriklik munosabatlarini ornatish yoli bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish qabul qilingan dasturning muhim yonalishlaridan biri etib belgilangan.

Umuman olganda, 20172021-yillarda Ozbekiston aholisiga onkologik yordam berishni yanada rivojlantirish tadbirlarini amalga oshirishga byudjet mablaglaridan 32,5 milliard som hamda xalqaro moliya institutlarining kredit mablaglari va grantlari hisobiga 144,1 million AQSh dollarini yonaltirish nazarda tutilgan.

Mamlakat Prezidentining qarorida nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishi 100 ming aholiga onkologik kasalliklardan vafot etish korsatkichini 38,7 foizdan 35 foizgacha pasaytirish, onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarni osmaga qarshi preparatlar bilan taminlashni 33 foizdan 90 foizgacha kopaytirish, aholining davolashning yuqori texnologik turlariga bolgan ehtiyojini qoplashni 70 foizgacha yetkazish imkonini beradi.

Daryoning Telegramdagi rasmiy kanali @toshqindaryoga azo boling!

: admin (4-04-2017, 23:28)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 6) ( 0) ( 5) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -