» » Shvetsiya Belarusni “Belaya Rossiya” deyishni to‘xtatdi

Shvetsiya Belarusni “Belaya Rossiya” deyishni to‘xtatdi


Shvetsiya tashqi ishlar vazirligi avval foydalangan “Belaya Rossiya” (Vitryssland — “Oq Rossiya”) jumlasidan voz kechdi va endi ushbu xorijiy davlat bilan xalqaro munosabatlarda “Belarus” nomidan foydalanadi. Bu haqda Shvetsiya TIV rahbari Ann Linde ma’lum qilgan, deb yozmoqda “Interfaks”.

“Biz ushbu qaror bilan belarus xalqining fuqarolik jamiyati va diasporalarining milliy birligi va o‘z mamlakatlari suvernitetiga yuksak hurmat-e’tiborimiz sabab qabul qildik”, — deya yozgan Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Twitter’da.

Mavzuga doir: 

Belarusning Shvetsiyadagi elchisi Dmitriy Mironchuk ushbu tvitga javoban Shvetsiya TIV, barcha shvedlar-u belaruslarga va shaxsan Ann Lindega minnatdorlik bildirgan.

Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Ann Linde 25-noyabr, dushanba kuni amaliy tashrif bilan Belarusga kelgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-11-2019, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 115) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют