» » O‘zbekiston elchisidan ishonch yorlig‘ini qabul qilgan Shvetsiya qiroli Toshkent va Samarqandga tashrifini mamnuniyat bilan esladi

O‘zbekiston elchisidan ishonch yorlig‘ini qabul qilgan Shvetsiya qiroli Toshkent va Samarqandga tashrifini mamnuniyat bilan esladi


2018-yilning 12-dekabr kuni Stokgolm shahrida O‘zbekistonning Shvetsiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Berlin shahrida) Nabijon Qosimov Shvetsiya qiroli Karl XVI Gustavga ishonch yorliqlari topshirdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Suhbat chog‘ida Karl XVI Gustav 1978-yilda rafiqasi qirolicha Silviya bilan Toshkent va Samarqand shaharlariga tashrifini katta mamnuniyat bilan esladi. Ushbu safar O‘zbekiston to‘g‘risida eng iliq va yorqin xotiralar hamda go‘zal qadimiy Samarqandning chuqur taassurotlari bilan yodlarida qolganligini qayd etdi.

Qirol O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan izchil islohotlarni olqishladi, Shvetsiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladi. Xususan, O‘zbekistonning boy tarixiy va me’moriy merosi, shuningdek, o‘zbek xalqining noyob madaniyati va an’analarini inobatga olgan holda, sayyohlik sohasidagi hamkorlik istiqbolli bo‘lishi mumkin.

Ishonch yorliqlarini topshirish marosimidan so‘ng Shvetsiya Tashqi ishlar vazirligining savdo masalalari bo‘yicha bosh direktori Teppo Tauriainen, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha deportamenti direktori o‘rinbosari Martina Kuik, shuningdek, Shvetsiya investitsiya va savdoga ko‘maklashish agentligi Business Sweden, Ericsson, Scania, Jambo Tours kompaniyalari va Silc nohukumat tashkiloti vakillari bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazildi.

Uchrashuvlarda ko‘p qirrali ikki tomonlama sheriklikni, jumladan, savdo-iqtisodiy, investitsion va turizm sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlashning aniq masalalari muhokama qilindi.

Shvetsiya kompaniyalari delegatsiyasining 2019-yil fevral oyida O‘zbekistonga tashrifini tashkil etishga alohida e’tibor qaratildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-12-2018, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 36) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют