» » Shavkat Mirziyoyev Stokgolmdagi terakt munosabati bilan Shvetsiya qiroliga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Stokgolmdagi terakt munosabati bilan Shvetsiya qiroliga hamdardlik bildirdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shvetsiya qiroli Karl XVI Gustavga Stokgolm shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida insonlar halok bo‘lishi munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirib maktub yo‘lladi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Davlatimiz rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik va dalda so‘zlarini yetkazdi hamda barcha jarohat olganlarga tez orada sog‘ayishni tiladi”, — deyiladi TIV axborotida.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 7-aprel kuni Stokgolm markazidagi piyodalar ko‘chasida yuk mashinasining odamlar ustiga bosib borishi oqibatida 4 kishi halok bo‘lgan, 15 kishi tan jarohati olgan.

Опубликовано: admin (8-04-2017, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют