» » Shavkat Mirziyoyev Pokistonga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Pokistonga hamdardlik bildirdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston prezidenti Mamnun Husaynga va do‘st Pokiston xalqiga Sehvan-Sharif shahrida sodir etilgan terrorchilik xuruji oqibatida ko‘plab insonlarning nobud bo‘lgani munosabati bilan chuqur ta’ziya izhor etdi, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati.

O‘zbekiston Prezidenti qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik so‘zlarini yetkazdi hamda jarohat olganlarning tez orada sog‘ayib ketishini tiladi.

“Gazeta.uz”ning yozishicha, 16-fevral kuni kechqurun Sehvan-Sharifdagi La’l Shahboz Qalandar maqbarasida yuz bergan portlash oqibatida, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 90 ga yaqin kishi halok bo‘lgan, 300 dan ziyodi jarohatlangan.

Portlash uchun javobgarlikni IShID terrorchilik tashkiloti o‘z zimmasiga olgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-02-2017, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют